Turkmaniston o‘z tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazish mutlaq ustuvor vazifa ekanini ma’lum qildi
Turkmaniston O‘zbekiston va Tojikistonga gaz sohasida strategik hamkorlikni taklif qilmoqda.

Foto: CentralAsia
2023 yil 4 avgust kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammit doirasida Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekiston va Tojikiston bilan gaz sohasida hamkorlikni rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi CentralAsia.
Rashid Meredovning qayd etishicha, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston energetika sohasida ijobiy hamkorlik tajribasiga ega.
– Bugun biz gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ko‘ryapmiz. Turkmaniston ulkan tabiiy gaz resurslariga ega. Gaz eksportini diversifikatsiya qilish, energiya ishlab chiqaruvchi, tranzit mamlakat va iste’molchi manfaatlari mutanosibligini hisobga olish biz uchun xalqaro energetika loyihalarini amalga oshirishda asosiy tamoyil hisoblanadi. Aynan shu nuqtai nazardan biz Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida gaz sohasida strategik sheriklik istiqbollarini muhokama qilishni taklif etdik», dedi Turkmaniston TIV rahbari.
Shuningdek, u Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov topshirig‘iga ko‘ra dunyodagi eng yirik tabiiy gaz konining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarini o‘zlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
– Shu munosabat bilan kelgusi yillarda Turkmanistonda ko‘k yoqilg‘i ishlab chiqarishni yana kamida 60 milliard kub metrga oshirishni rejalashtirganmiz. Bu esa o‘sib borayotgan ichki ehtiyojni to‘liq qondirish, shuningdek, Turkmaniston xomashyosini xorijga yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, turkman gazini eng yaqin qo‘shnilarimiz – O‘zbekiston va Tojikistonga eksport qilish bizning mutlaq ustuvor vazifamiz bo‘ladi», dedi Rashid Meredov.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

07:30 / 24.04.2025