Afrikada yangi harbiy töntariş sodir böldi. Gabonda askarlar bahsli saylovlardan bir neça kun ötib, prezident Ali Bongo hukumatini ağdardi. 30 avgust, çorşanba kuni bir guruh yuqori martabali zobitlar mahalliy televideniyeda paydo bölib, hokimiyatni öz qöliga olayotganini e’lon qildi. 

Isyonçilarning söziga köra, 26 avgust kungi saylovlar adolatsiz ötgan, ularning natijalari bekor qilingan. Hozirgi davlat hokimiyati tarqatib yuborildi, Gabon çegaralari yopildi.

Bahsli saylov natijalari 

Avvalroq Gabon saylov komissiyasi Bongoni prezidentlik saylovlarida ğolib deb e’lon qilgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, saylovçilarning 64,27 foizi uni yoqlab ovoz bergan. Bongolar oilasi neftga boy Gabonni 56 yildan beri boşqarib keladi. Gabonda birinçi marta prezidentlik, parlament va kommunal saylovlar bir vaqtda ötkazildi. 

Iyul oyining oxirida harbiylar Nigerda davlat töntarişini amalga oşirgandi. Ular harbiy töntarişni xavfsizlik va iqtisodiy şaroitning yomonlaşuvi, şuningdek, korrupsiyaning avj olgani bilan izohlagan. Ğarb Nigerdagi isyonni keskin qoraladi. Ğarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatiga (EKOVAS) a’zo davlatlar Nigerga konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş uçun qöşinlar kiritiş bilan tahdid qildi.