
Hokimiyatdan ağdarilgan Gabon prezidenti Ali Bongo Ondimbaning xotiniga pul yuviş va boşqa jinoiy ayblovlar qöyilmoqda. Bu haqda mas’ul prokuror ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Al-Jazira”.
Ali Bongo 30 avgust kungi harbiy töntarişda hokimiyatdan ağdarilgan, uning rafiqasi Silvia Bongo Ondimba öşandan buyon mamlakat poytaxtida uy qamoğida saqlanayotgandi.
Prokuror Andre Patrik Roponatning mamlakat televideniyesida ma’lum qilişiça, 28 sentabr kuni sobiq birinçi xonimga nisbatan tergov sudyasi tomonidan ayblov e’lon qilingan.
Avvalroq uning tönğiç öğli Nuriddin Bongoga nisbatan ham jinoiy ayblovlar qöyilgan. U sobiq hukumatning bir neçta a’zolari va ikki nafar sobiq vazir bilan birgalikda korrupsiya va davlat mablağlarini talon-toroj qilişda ayblanyapti.
Hokimiyatdan ağdarilgan prezident Ali Bongo 2009 yildan buyon lavozimda edi. U davlat rahbarligini mamlakatni 42 yil boşqarib, 2009 yilda vafot etgan otasidan qabul qilib olgan. 2023 yil avgust oyidagi harbiy töntariş navbatdagi prezidentlik savlovidan keyin röy berdi. Isyonçilarga köra, saylov adolatsiz ötgan, hukumat esa korrupsiya botqoğida.
















