Burkina Faso harbiy ma’muriyati 26 sentabr kuni sodir bölgan davlat töntarişiga urinişning oldini olganini e’lon qildi.

Bayonotga köra, davlat razvedkasi va xavfsizlik kuçlarining huşyorligi tufayli davlat töntarişiga uriniş böyiça isyon bostirilgan.

Harbiylarning ma’lum qilişiça, isyonga aloqadorlarning aksariyati qölga olingan.

«Hukumat töntarişga uriniş taşabbusi ortida turgan barçani foş qiladi», deyiladi bayonotda.

2022 yil 30 sentabrda Burkina Faso armiyasi mamlakatdagi hokimiyat harbiy boşqaruvga ötganini e’lon qildi. Kapitan Ibrohim Traore yangi davlat rahbari böldi va hozir ham hokimiyat tepasida.