
Ayni paytda bu kadrlarning köpçiligi xorijda oliy ta’lim olganini ta’kidlaş kerak. Quyida dunyo miqyosidagi gigant kompaniyalarni boşqarayotgan hindistonlik top menejyerlarni sanab ötamiz.

51 yoşli, asli hindistonlik Sundar Piçay 2015 yildan buyon Google kompaniyasining boşqaruvçi direktori hisoblanadi.
Maduray şahrida tuğilgan Piçay avvaliga öz yurtida olim ta’lim olgan; AQŞga kelgaç, Stenfordda va Pensilvaniya universitetlarini tamomlagan.

Haydarobodda tavallud topgan 56 yoşli Satya Nadella Microsoft kompaniyasining boşqaruvçi direktori hisoblanadi.
Manipal texnologiyalar instituti, Viskonsin va Çikago universitetlarida ta’lim olgan. 2014 yildan buyon eng maşhur IT kompaniyasida boşqaruvçi.

50 yoşli yana bir hind Nayel Mohan – YouTube kompaniyasining boşqaruvçi direktori.
Mohan asli AQŞda tuğilgan, keyinroq ota yurtida bir qança vaqt yaşab Amerikaga qaytadi va bir neça bosqiçda Stenfordda ta’lim olgan. Mohan 2023 yil fevral oyidan eng maşhur videoportalning boşqaruvçi direktori.

60 yoşli Şantanu Narayen ham Haydarobodda tuğilgan. U dunyo miqyosida ommabop dasturlarni işlab çiqaruvçi Adobe kompaniyasining boşqaruvçi direktori hisoblanadi.
Narayen Hindistondan keyingi ta’limni asosan AQŞ universitetlarida olgan – Ohayo, Kaliforniya universitetlarida öqigan. 2007 yildan buyon uşbu lavozimda.















