Kaylan Shavkat Mirziyoyev mintaqada biznes, chegara va savdo ochilishini faollashtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlarini integratsiyalash harakatlarida markaziy shaxsga aylanganini qayd etdi. O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sharq va g‘arb, shimol va janubni bog‘lovchi yirik transport markaziga aylanishga intilmoqda.
Kaylanning qayd etishicha, O‘zbekiston kuchli oltin eksporti tufayli COVID-19 pandemiyasi davrida rivojlanishdan to‘xtamagan kam sonli iqtisodiyotlardan biri bo‘ldi.
Muallif O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ta’kidlab, AQShni bu jarayonni faollashtirishga chaqirdi. U, shuningdek, 1974 yilgi Jyekson-Venik tuzatishiga e’tibor qaratib, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarini normallashtirish uchun uni bekor qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
Kaylan ta’kidlashicha, Baydenning yangi tashabbusi Hindiston, Saudiya Arabistoni va Yevropa o‘rtasida savdo yo‘lagi yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu AQShni global geostrategik kurash maydoniga qaytarish yo‘lidagi qadamdir. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlariga bog‘liq.











