Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida BYD’ning gibrid va elektr avtomobillari ishlab chiqarilishini tez fursatda yo‘lga qo‘yish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, BYD O‘zbekistonga elektrobuslarini yetkazib berishi qayd etildi.

Elektrobuslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.