Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs 5 yoshli bolani otib qo‘ydi
Pnevmatik quroldan otilgan o‘q bolakayning o‘pkasidan o‘tib, yuragining chap qorinchasiga kirib qolgan. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotida shifokorlar yurakni to‘liq to‘xtatib, o‘qni olib tashlagan.

Foto: Zo'rtv
Qo‘shtepa tumanida voyaga yetmagan shaxs 5 yoshli bolani pnevmatik qurolda otib qo‘ydi. “Bu kun” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi qurolda o‘q yo‘q deb o‘ylagan.
Holat tumanning Karnaychi mahallasida sodir bo‘lgan. Abdulloh uyi yonidagi chorva xo‘jaligiga dadasini ovqatlanishga chaqirish uchun borgan. O‘sha yerda bo‘lgan 8-sinf o‘quvchisi esa so‘ri ostida turgan pnevmatik qurolni olib, unga o‘qtalgan va otgan.
“Har doim dadasini ovqatlanishga aytgani borardi. Xo‘jalik uyimiz orqasida, yaqin. O‘sha kuni ham xo‘jalikka borib, dadasining oldida o‘tirgan ekan. U bola so‘rining tagidan miltiqni olib, o‘qi yo‘q deb bolamga qarata otibdi. 8-sinfda o‘qirkan, ikki mahalla narida turadi, xo‘jalikka suv olgani kelib turishadi”, degan Abdullohning onasi.
Shifoxonaga olib borilgan bolakay zudlik bilan operatsiya qilingan. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotida bolaning yuragi to‘liq to‘xtatilib, uning chap qorinchasiga kirib qolgan o‘q chiqarib olingan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda bolaning ahvoli yaxshi.
Hozirda holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti. Tekshiruv yakuniga ko‘ra holatga qonuniy baho berilishi ma’lum qilingan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025