AGF.nl saytida «Özbekiston ilk bor 100 ming tonna tarvuz eksporti çegarasidan oşdi» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«2022 yilda Özbekiston 81,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan. Joriy yilda mamlakat bu rekordni ortda qoldirib, may-avgust oylarida qariyb 96 ming tonna tarvuzni xorijiy bozorlarga sotişga erişdi, - deyiladi naşrda. - Joriy sentabr oyi oxiriga qadar Özbekiston birinçi marta 100 ming tonnalik tarixiy çegaradan oşib ketişi mumkin. Uşbu natija bilan Özbekiston dunyoning 10 ta yirik tarvuz eksportçilari qatoriga kiradi».

AGF.nl portali 2022 yilda Özbekiston tarvuzi 9 davlat bozoriga eksport qilinganini qayd etgan. Jami eksportning 99,6 foizi 6 ta davlat: Qozoğiston, Rossiya, Qirğiziston, Tojikiston, Belarus va Latviyaga töğri keldi.

«2023 yilning may-avgust oylarida özbek tarvuzlarini import qiluvçilar soni 13 ta davlatga oşganiga qaramay, jami eksportning 99,5 foizi ötgan yili Özbekistonda yetiştirilgan tarvuzning asosiy xaridori bölgan 6 ta davlat hissasiga töğri kelmoqda. Özbekistondan yangi tarvuz eksportining oşişi bozorning kengayişi hisobiga emas, balki an’anaviy taşqi bozorlarda talabning ortişi bilan boğliq», - deb yozgan AGF.nl.