Osiyo O‘yinlari-2022. Kurashchilarimizdan uch oltin va bir kumush!
Osiyo O‘yinlarining 30 sentabr kungi bahslari sportchilarimiz uchun omadli boshlandi. Kurashchilarimiz milliy sport turida delegatsiyamiz hisobiga bir kunning o‘zida 4ta medal taqdim etishdi.

Foto: Kun.uz
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin finalda jarohat olganiga qaramay eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirib chempionlikni qo‘lga kiritdi.
-52 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz Hilola Ortiqboyeva va Sitora Elmurodova finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston milliy jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash kelishdi. Qiziqarli bahs Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Elmurodova esa musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
+90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov finalda turkmanistonlik Tejyen Tejyenovdan ustun kelib, ikki karra Osiyo o‘yinlarining g‘olibiga aylandi. Hisomiddinovning oltin medali delegatsiyamiz uchun Hangjou-2022dagi 10-oltin medal bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning Osiyo O‘yinlari-2022dagi jami medallari soni hozircha 36taga yetdi va jamoamiz umumjamoaviy medallar jamg‘armasida Hindiston hamda Tailandni ortda qoldirib, yana 4-o‘ringa ko‘tarildi. Vakillarimiz hisobida 10ta oltin, 11ta kumush va 15ta bronza mavjud.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 00:27
-
AQSh harbiylar uchun miya implantlari ustida ish olib bormoqda
Jahon | 00:16
-
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Jamiyat | 23:27 / 28.03.2025
-
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Jahon | 23:20 / 28.03.2025
Mavzuga oid

16:29 / 11.10.2023
Hindiston O‘zbekistonni nimaning evaziga ortda qoldirdi? Osiyo o‘yinlaridagi eng katta o‘sish, pasayish va boshqalar haqida

17:18 / 07.10.2023
«O‘zbekiston shu yo‘lni tanlab, bugun mevasini olmoqda». Qozoq boksi o‘zbek boksidan ortda qolib ketgani sababi aytildi

15:46 / 07.10.2023
Hangjou-2022. Sevinch Rahimova Osiyo O‘yinlari chempioniga aylandi

14:53 / 07.10.2023