«Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi raisi Ilhom Haydarov boşçiligidagi delegatsiya Avstriya poytaxtida bölib ötgan «Barqaror işlab çiqarişni tezlaştiriş yeçimlari» mavzusidagi 4-Global işlab çiqariş konferensiyasida iştirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Özbekiston delegatsiyasi rahbari konferensiya doirasida xorijiy hamkorlar, jumladan, Avstriya Iqtisodiy palatasi, Advantage Austria kompaniyasi, Avstriya Taraqqiyot banki va boşqa taşkilotlar vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Avstriyalik hamkorlar Özbekistonda yirik loyihalarni birgalikda amalga oşiriş uçun mamlakatdagi yengil sanoat korxonalari bilan özaro manfaatli aloqalarni örnatişga qiziqiş bildirdi. Özbekistonda yangi korxonalarni işga tuşiriş va mavjud quvvatlarni kengaytiriş uçun Avstriya hukumatidan imtiyozli kreditlar ajratiş masalalari muhokama qilindi.

BMTning Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti texnik hamkorlik departamenti direktori Marko Kamiya bilan bölib ötgan muloqotda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda töqimaçilik sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari xususida fikr almaşildi.