Kevin Speysi qo‘li uvishib qolgani uchun shifoxonaga olib borilgan
Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida betakror naqshlarni tomosha qilayotgan vaqtimda chap qo‘lim uvishib qoldi va meni tarixiy shahardagi zamonaviy tibbiyot muassasasiga olib borishdi. Menga tezkor yordam ko‘rsatishdi va yaxshiki, jiddiy hech narsa sodir bo‘lmapti, degan amerikalik kinoaktyor.

Foto: Global Look Press
Amerikalik aktyor Kevin Speysi yurak xuruji gumoni bilan O‘zbekiston poytaxtida shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Britaniyaning The Sun tabloidi yozdi.
«Kevin Speysi kinofestivalda qo‘li ishlamay qolgani tufayli yurak xurujidan gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi», deb yozdi gazeta.
Qayd qilinishicha, Speysining «chap qo‘li bir necha soniya davomida butunlay qotib qolgan». Toshkentda aktyorni MRT tekshiruvidan o‘tkazishgan, biroq, gumonlar tasdig‘ini topmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha Samarqanddagi tibbiyot muassasasasiga olib kelingan.
Tekshiruvlarda uning sog‘ligidi jiddiy muammo aniqlanmagan.
Ko‘p o‘tmay aktyor XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Samarqanddagi yopilish marosimida so‘zga chiqqan.
"Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida betakror naqshlarni tomosha qilayotgan vaqtimda chap qo‘lim uvishib qoldi va meni tarixiy shahardagi zamonaviy tibbiyot muassasasiga olib borishdi. Menga tezkor yordam ko‘rsatishdi va yaxshiki, jiddiy hech narsa sodir bo‘lmapti", — degan Speysi.
Aktyor 29 sentabrdan 3 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan.
Kevin Speysi 1959 yilda tug‘ilgan (hozir 64 yoshda), amerikalik sahna va kino aktyori, kinorejissyor, ssenariynavis, prodyuser. Ko‘plab kinofilm va seriallarda suratga tushgan. «Oddiy gumonlanuvchilar» va «Amerikacha go‘zallik» filmlari uchun «Oskar» (1996, 2000), BAFTA (2000), «Oltin globus» (2015), «Toni» (1991) va «Gremmi» (2006) kabi ko‘plab mukofotlar sohibi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:01
-
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
Jahon | 13:59
-
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
-
Olotda propan shoxobchasida yong‘in ro‘y berdi
O‘zbekiston | 13:33
Mavzuga oid

11:16
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025