Yoshlar siyosati va sport vazirligi sayti ketma-ket hakerlar hujumiga uchradi
Birinchi hujum 15 oktyabrda isroillik hakerlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, 19 oktyabrda ham vazirlik sayti qozoq hakerlari hujumiga uchradi. Hozirda vazirlik sayti zaifliklari ustida Kiberxavfsizlik markazi ish olib bormoqda.
15 oktyabr 16:00 lar atrofida Yoshlar siyosati va sporti vazirligi saytiga kirish qiyin bo‘lib qolgandi. Saytning asosiy sahifasida “Your system hacked by Israil team – Sizning tizimingiz Isroil jamoasi tomonidan buzildi” degan yozuv paydo bo‘ldi. Shundan keyin vazirlik holat bo‘yicha izoh berib, rasmiy veb saytning kiberhujumga uchragani bo‘yicha Kiberxavfsizlik markazi bilan dastlabki tezkor o‘rganishlar o‘tkazilgani, kiberhujum oqibatida jiddiy talafot ko‘rilmaganini ma’lum qilgandi.
19 oktyabr kuni bir muddat vazirlik saytiga kirish yana imkonsiz bo‘lib qoldi. Bu safar saytning bosh sahifasida “Hi, Uzbekistan. Hacked by Kazhakhstan. Glory Kazakhstan. Kazakhstan strong (ingliz tilida xatolar bilan yozilganini suratda ko‘rish mumkin, tushunarliroq bo‘lishi uchun tahrirlandi) – Salom, O‘zbekiston. Kazhakhstan hakerlari tomonidan buzib kirildi. Qozog‘istonga sharaflar. Qozog‘iston kuchli” degan ma’noda yozuv qoldirilgan.
Vazirlik rasmiylarining Kun.uz’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Kiberxavfsizlik markazi bilan sayt zaifliklari ustida ishlanyapti.
“Vazirlik rasmiy veb-saytini kiberhujumlarga qarshi himoyalash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Saytda 1-2 zaifliklar bor ekan, o‘zimizning dasturchilar to‘g‘rilayapti”, – dedi vazirlik matbuot xizmati.
Davlat tashkilotlari rasmiy sahifasi hakerlar hujumiga uchrashi ilk marta bo‘layotgani yo‘q. 2022 yil noyabr oyida Senat sayti 14 yoshli o‘smirlar tomonidan buzib kirilgandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:01
-
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
Jahon | 13:59
-
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 13:40
-
Olotda propan shoxobchasida yong‘in ro‘y berdi
O‘zbekiston | 13:33
Mavzuga oid

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

10:49 / 29.01.2025
Rossiya 2024 yilda rekord miqdordagi saytlarni blokladi

21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg

12:58 / 28.09.2024