2 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining rasmiy sayti kiberhujumga uçradi. Natijada saytga kiriş bir muddat imkonsiz bölib qoldi.

Bu vaqtda saytda “Kiberxavfsizlik markaziga salomlar” hamda “sizning tizimingiz [hakerlar guruhining logotipi] tomonidan buzib kirildi” degan yozuv körinib turdi.

Senatning Telegram'dagi rasmiy kanalida hakerlar hujumi tufayli saytning iş qobiliyati buzilgani, ayni paytda sayt faoliyatini qayta tiklaş çoralari körilayotgani ma’lum qilindi.

Hozirda Senat.uz saytiga kirmoqçi bölsangiz, u sizni subdomenga yönaltiradi. U yerda Senatning yangiça dizayndagi, ammo ma’lumotlari ança eski saytini körişingiz mumkin.

“Saytimiz haqiqatda kiberhujumga uçragani rost. Hozir AKT bölimimiz muammoni bartaraf etiş ustida işlayapti. Saytni qayta tiklaş çoralari körilmoqda. Hozirça hakerlar hujumi natijasida saytdagi qança ma’lumot öçib ketgan yoki ketmagani noma’lum. Aftidan, sayt şunçaki bloklab qöyilganga öxşayapti.

Özi Senat saytini yangilamoqçi edik. Saytning yangi talqini tayyorlangandi. Kiberhujum ortidan AKT mutaxassislari test rejimidagi saytni vaqtinça işga tuşirib qöyişdi. Bu yerdagi ma’lumotlar ança eski, yangilanmagan. Tez orada saytning yangi talqini işga tuşiriladi va u deyarli hozirgi körinişda böladi. Eski saytdagi ma’lumotlar hajmi taxminan 20 gigabaytni taşkil etadi. Ular yangi platformagan köçirib ötkazilişi kerak”, deydi Senat raisining matbuot kotibi Hojiakbar Tölaganov.

Avvalroq, iyun oyida Oliy attestatsiya komissiyasi sayti hakerlar hujumiga uçragandi. Hujum BWT hakerlar guruhi tomonidan amalga oşirilgani ma’lum bölgandi.

2021 yilning yanvarida Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyatdagi bir qator tuman va şahar hokimliklarining rasmiy saytlari hakerlar tomonidan buzib qöyilgandi.