Prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektorda yöllardagi harakat xavfsizligi bilan boğliq vaziyat ança ayançli ahvolda ekanini körsatib ötdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari yöl-transport hodisalari oqibatida ölim va jarohatlaniş holatlari köpligini, tegişli rahbarlar bunga loqayd bölib ötirganini jiddiy tanqid qildi.

"Yoşlar ölyapti, 4000, 4200 odam avariyadan ölyapti. Bekordan bekor. Sen ham, transport vaziri böla turib, şunga befarq bölmasdan, prezident qabul qilgan qarorini, svetoforlarni joy-joyiga qöyişga mas’ulmisan, yöqmi? Nimaga odamlar ölişi kerak çorrahalar töğrilanmagani uçun?" - deya savol qöydi prezident transport vaziriga.

Mas’ullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlar befarq bölib ötirgani ham afsus bilan qayd tildi. 

"Nimaga prezident taşviş qilib, hammani "yondirişi" kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) "yonmaysizlar"? Şunça odam ölib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bölmaydi - dod-faryod odamlar ölgani uçun. Ijtimoiy tarmoq degani - xalqni ovozi degani", - dedi davlat rahbari. 

Prezident misol sifatida Xitoy poytaxti Pekin va Rossiya poytaxti Moskvadek yirik şaharlarda tirbandlik deyarli kuzatilmasligini tilga oldi, bizda ham şunga intiliş şartligini körsatib ötdi.

Umuman, transport vaziri va boşqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantiriş, svetoforlar va yöl çiziqlarini örnatiş, tirbandlikning oldini oliş, poytaxt köçalari va hududlardagi yöllarni tartibga soliş böyiça qat’iy çoralar köriş topşirildi. 2024 yil bu borada jiddiy özgarişlar yili bölişini ta’minlaş vazifasi qöyildi.