Ukrainada urushning 605-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- General-polkovnik Viktor Afzalov rasman Rossiya havo-kosmik kuchlari boshlig‘i etib tayinlandi. U bu lavozimda Sergey Surovikin o‘rnini egallagan.
- Maltada noyabr oyi oxirida Global janub mamlakatlari ishtirokida Ukraina bo‘yicha uchinchi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi.
- Volodimir Zelenskiy Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
- Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat shimolida piyodalarga qarshi 500 mingta mina o‘rnatilgan.
- Rostov oblastida o‘tgan kun davomida ikki bor havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushdi.
- Rossiyalik harbiylar Kriviy Rihni o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘lgan, sanoat infratuzilma obekti shikastlangan.
Chernobildagi hayot tarzi
Chernobil yot hududi — Chernobil AES atrofida 30 kilometr radiusdagi hudud. Bu hudud aholisi 1986 yil stansiyada ro‘y bergan avariyadan keyin evakuatsiya qilingandi. 2022 yil fevralida Rossiya qo‘shini bosqinining ilk kunlarida zonaning katta qismi (jumladan, stansiyaning o‘zi ham) egallab olingandi, ammo mart oyi oxiriga kelib ular ChAES hududidan chekinadi. Bu davr ichida aholi yashash manzillariga olib boruvchi ko‘priklar portlatilgan. Qator qishloqlar quruqlik orqali ta’minotdan uzilib qolgan — bu hududlarda asosan 1986 yilda ham o‘z uyini tark etishdan bosh tortgan keksa yoshli kishilar yashaydi. Quyida ularga bugungi kunda qanday ko‘mak ko‘rsatilayotgani aks etgan suratlar.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA



































