Xalqaro konferensiyaning yopiliş marosimida yoşlar huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantiriş böyiça xalqaro, mintaqaviy va milliy tajriba va yondaşuvlar muhokama qilindi. Yoşlar huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantiriş böyiça amaldagi xalqaro va mintaqaviy hujjatlar va mexanizmlarni qöllaş kölami tahlil etildi.
Forum iştirokçilari tomonidan yoşlar huquqlarini himoya qiliş mexanizmlari va imkoniyatlari samaradorligini oşiriş yöllari taklif etildi. Yoşlar öz huquqlarini töliq röyobga çiqarişida duç keladigan asosiy muammolar yoritildi.
Barça davlatlar siyosatiga yoşlar huquqlarini integratsiya qilişning huquqiy, ma’muriy va siyosiy asoslarni takomillaştiriş yöllari va vositalarini işlab çiqiş böyiça aniq tavsiyalar ilgari surildi.
Şu asosda xalqaro forumning yakuniy hujjati – Yoşlar huquqlari böyiça Markaziy Osiyo deklaratsiyasi loyihasi işlab çiqildi va muhokama qilindi.
Iştirokçilar hujjat istiqbolda yoşlar huquqlari sohasidagi yangi sa’y-harakatlar va ilğor taşabbuslar uçun zamin vazifasini ötaşiga işonç bildirdi.












