Özbekistonda reklama tarqatişda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilaş rejalaştirilmoqda.

Bunday huquqbuzarlik uçun BHMning 5 baravaridan 7 baravarigaça (1 mln 650 ming sömdan 2 mln 310 ming sömgaça) ma’muriy jarima qöllaş taklif etilyapti.

Tegişli qonun loyihasi Raqobat qömitasi tomonidan muhokamaga qöyildi. Jamoatçilik muhokamasi 10 noyabrgaça davom etadi.

Ma’lumot uçun, “Reklama töğrisida”gi qonunga köra, Özbekiston Respublikasi hududida reklama Özbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.

Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boşqa tillarda takror berilişi mumkin:

  • reklama mazmunining boşqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib körsatmasligi kerak;
  • taşqi reklama orqali joylaştiriladigan reklamaning boşqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylaştirilişi va umumiy reklama maydonining 40 foizidan oşmasligi kerak;
  • reklamaning boşqa tillardagi tarjimasi matni harfining ölçami davlat tilidagi reklama matni harfining ölçamidan kiçik bölişi kerak;
  • tele va radiokanallarda, şuningdek bosma naşrlarda tarqatiladigan reklamaning boşqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining 20 foizidan oşmasligi kerak.

Yuqoridagi talablar:

  • faqat çet tillarda e’lon qilinadigan bosma naşrlarda va noşirlik mahsulotining boşqa turlarida joylaştiriladigan reklamaga;
  • körsatuvni (eşittirişni) çet tillarda amalga oşiruvçi ommaviy axborot vositalarining tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarini namoyiş etiş (eşittiriş) jarayonida joylaştiriladigan reklamaga;
  • Internet jahon axborot tarmoğidagi materiallarni faqat çet tillarda joylaştiradigan veb-saytlarning axborot resurslariga joylaştiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bundan taşqari, “Davlat tili haqida”gi qonunga asosan, lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boşqa körgazmali hamda oğzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylaştirilişi va e’lon qilinişi belgilangan.