Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya prezidenti O‘zbekistonga keladi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella 9−11 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Rim uchun Toshkent bilan hamkorlik O‘zbekistonning Yevropa va Uzoq Sharq, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik mavqeyi sabab alohida ahamiyatlidir, deya qayd etadi Agenzia Nova agentligi.
Italiya prezidenti Janubiy Koreyaga ham tashrif buyuradi. Har ikki tashrif «Italiyaning Osiyodagi ishtirokini va hozirgi xalqaro panoramada katta strategik ahamiyatga ega ikki davlat bilan hamkorlikni mustahkamlash» maqsadida amalga oshiriladi.
Mattarella Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, Turin politexnika universitetiga boradi va tashrif Samarqandda yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 1997 yilda Italiya prezidenti Oskar Luiji Skalfaro ham tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
09:08
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026