Joriy yilning 8 dekabr kuni soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi.
Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi.
Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.











