Qişda gripp köpayişiga sabab nima?

Viruslar sovuq va quruq havoda faollaşadi. Töğri, qiş faslida atmosferada namlik nisbatan yuqori böladi. Biroq xonalar isitilişi sababli havo quruqlaşadi. Bu esa infeksiyalarning avj olişi uçun qulay muhit.

Qolaversa, patogenlar toza havoni yoqtirmaydi. Ammo sovuq kunlarda eşik va derazalar ziç yopilib, xonalar havosi tez-tez almaştirilmaydi. Odamlar asosiy vaqtini issiq şaroitda, bir neça kişi yoki köpçilik bir joyda jamlanib ötkazadi. Viruslar esa yopiq bino-inşootlar, aholi gavjum joylarda tezroq tarqaladi.

Yana bir tadqiqotga köra, sovuq harorat burunning turli viruslarga qarşi kuraşadigan immunitet reaksiyasini pasaytiradi.

Şamollaş va grippga sabab böluvçi viruslar, odatda, burunga nafas oliş yoki töğridan töğri aloqa orqali kiradi. Burun böşliğiga begona virus kirgaç, hujayralar özi uçun yot bölgan narsani çiqarib yuboriş uçun faollaşadi. Lekin sovuq havo burunning bu şakldagi immunitet reaksiyasini pasaytiradi.

Sovuq havoga çidamli böliş uçun

Nafaqat gripp bölib qolmaslik, balki sovuq ob-havoda odam özini yomon his qilmasligi uçun ham unga tayyorgarlik körişi va moslaşişi kerak. Buning uçun bir qança usullar tavsiya qilinadi.

Odatdagidan köra, oçiq havoda köproq böliş. Albatta, sovuqda köçaga çiqiş köpçilikka yoqmaydi. Lekin toza havoda kuniga kamida 2 soat bölişga e’tibor qiliş zarur. Boşda birdaniga 2 soat emas, kamroq köçada böliş, söng toza havoda aylaniş vaqtini uzaytirib boriş zarur.

Öta qalin kiyinib yubormaslikka ahamiyat qaratiş kerak. Kiyimlar sovuqqotmaslik uçun yetarli bölsa kifoya. Şarf taqişni unutmaslik kerak, çunki şarf böyindagi qon tomirlarini issiq saqlaydi va miyaga ham issiqlik yetib boradi.