Toşkent xalqaro aeroportida keng kölamli quriliş va rekonstruksiya işlari boşlandi.

Uzbekistan Airports xabariga köra, rekonstruksiya natijasida xalqaro aviaqatnovlar terminali maydoni ikki barobarga köpayadi, jönab ketiş hududiga kiriş yöllari özgaradi, uçib keliş va uçib ketiş zallari yagona majmuaga birlaştiriladi, terminalning ikkinçi qavatida oçiq terrasa paydo böladi.

Xalqaro terminalni kengaytiriş loyihasi ikki bosqiçda amalga oşiriladi va 2025 yilning oxiriga qadar davom etadi. Işlar yakuniga yetgaç, ötkaziş imkoniyati yiliga 13 million yölovçiga yetkaziladi.

Aeroport maydonining kengayişiga uçib keliş va uçib ketiş binolarining fasadlarini rekonstruksiya qiliş, şuningdek, ularni birlaştiriş orqali erişiladi. Aeroportga transportda kiriş tizimi ham özgaradi: transport vositalari birinçi qavat yoniga kelişadi, yöl ötkazgiç (estakada) esa binoning bir qismiga aylanadi.

Uçib keliş zalida 48 yölovçi uçun ötiş yölagiga ega yangi çegara nazorati hududi paydo böladi. Mavjud uçib keliş zali ham törttadan sakkizta yuk lentalarini joylaştirişni nazarda tutgan holda rekonstruksiya qilinadi. Loyiha kutib oluvçilar uçun alohida, hozirgi uçib keliş zalidan kattaroq — 6,2 ming kvadrat metr bölgan hududni öz içiga oladi.

Loyihaga köra, uçib ketiş zalida 50 ta röyxatdan ötiş nuqtasi, katta ölçamdagi bagajlarni topşiriş peştaxtasi, bagajlarni özi topşiriş joyi, bojxona va yuk nazoratidan iborat yangi yölovçilarni röyxatga oliş zali quriladi. Aviatsiya xavfsizligi tekşiruv hududi ham kengayadi.

Rekonstruksiyadan söng poytaxt aeroportida 6 ta teletrap işlaydi, çiqiş darvozalari soni esa 12 tani taşkil etadi.