Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSh prezidenti jabrlanmadi
Hodisaning barcha holatlari hozircha oshkor etilmadi, ammo bu «qasddan to‘qnashuv» emasligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters
Delaver shtatiga tashrifi paytida AQSh prezidenti Jo Bayden kortejiga avtomobil urildi.
Yo‘l-transport hodisasi prezident va birinchi xonim Jill Bayden «Bayden-Xarris 2024» saylov kampaniyasi shtab-kvartirasini tark etganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Prezident ko‘chada muxbirning savoliga javob berayotgan paytda, shtab-kvartiraga kiraverish ro‘parasidagi chorrahada kortej oldini to‘sib turgan yo‘ltanlamasga boshqa avtomobil urilgan. Maxfiy xizmat xodimlari avtomobilni o‘rab olib, haydovchiga qurollarini qaratgan. Shundan so‘ng, AQSh prezidenti va birinchi xonim maxfiy xizmat xodimlari qurshovida o‘z avtomobiliga o‘tirib, voqea joyini tark etgan.
Hodisaning barcha holatlari hozircha oshkor etilmadi, ammo bu «qasddan to‘qnashuv» emasligi ta’kidlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 17:13
-
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
O‘zbekiston | 16:59
-
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

14:00
So‘rov: AQShning dunyodagi obro‘si Tramp kelganidan keyin tushib ketdi

11:50
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

22:02 / 12.05.2025
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi

13:31 / 12.05.2025