107 yillik “tilla bahsi” - Rossiya nega Ruminiyaning oltinlarini qaytarmayapti?
|16:18 / 01.01.202433 52714 min
Bugun dunyoning aksariyat davlatlarida özaro çegaraga ega bölmagan mamlakatlar örtasida jiddiy muammolar yöq. Faqat qöşnilar bilan çegara masalasida bahslar bölişi mumkin. Lekin istisnolar ham bor. Özaro çegaraga ega bölmagan Ruminiya va Rossiya örtasida ança yillardan beri katta miqdordagi oltinlar ustida bahs ketyapti. Ruminiya da’vogar, Rossiya esa tan olmayapti.
Barçasi birinçi jahon uruşi avj pallasiga çiqqan 1916 yilga borib taqaladi. Öşanda Rossiya bilan ittifoqçi bölgan Ruminiya Antanta tomonida turib, Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalariga qarşi uruşayotgandi.
Avstriya-Vengriya va Ruminiya juda katta hududda çegaradoş bölgan. Şu sababli ruminlar ança kuçli Germaniya va Avstriya-Vengriya armiyalari hamlasi ostida qolişadi.
1916 yil dekabr oyi boşida duşman armiyasi poytaxt Buxarestga yaqinlaşib qoladi. Şunda qirol oilasi va mamlakat parlamenti mamlakat şimoliy şarqida, Rossiya imperiyasiga yaqin bölgan Yassi şahriga köçişga qaror qiladi.
Duşman yaqinlaşar ekan, mamlakatning oltin va boşqa boyliklar zaxirasi ham xavf ostida qoladi. Şunda Ruminiya qirolligi 90 tonnadan oşiq (ba’zi manbaalarda 150 tonna ham deyilgan) oltin va boşqa boyliklarini vaqtinça saqlaş uçun yaqin ittifoqçisi Rossiyaga topşiradi.
Oltinlar 40 ta vagonga yuklanib Moskvaga yuboriladi. (Öşa paytda Boltiq dengizi yoqasida joylaşgan Sankt-Peterburgda boyliklarni saqlaş xavfli bölgani uçun, Rossiyaning oltinlari ham 1915 yilda Moskvaga yuborilgan edi) Hozirgi kunda bu boylikning qiymati 5 mlrd dollarga baholanmoqda (ruminlar köproq hisoblaşmoqda).
Köp ötmay Rossiyada oktyabr töntarişi amalga oşiriladi. Hokimiyat tepasiga bolşeviklar keladi. Oradan biroz ötib, 1918 yilda ruminlar avvallari Çor Rossiyasi tarkibida bölgan Bessarabiyani bosib olişadi.
Bunga javoban 1918 yil 13 yanvar kuni RSFSR xalq komissarlari soveti Ruminiya bilan diplomatik munosabatlarni uziş, uning Moskvadagi oltin va zargarlik buyumlarini Rossiyada saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qiladi.
1935 yilda sovetlar Fransiya bilan döstona munosabatlar örnatadi. Öşa paytda Ruminiya ham Fransiya bilan ittifoqdoş edi. Şunda SSSR Ruminiya bilan diplomatik aloqalarni tiklaydi va Buxarestga 12 tonna oltinni qaytarib beradi.
Buni Ruminiyaning sobiq boş vaziri Menea Menesku (u 1974-1979 yillarda boş vazir bölgan) ham tasdiqlagan. Uning aytişiça, SSSR 1934 va 1936 yillarda Ruminiyaga atigi 12 tonna oltinni qaytargan.
Ruuminiya qirolligining oltin tangalari
Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç SSSR va Ruminiya aloqalari yana yomonlaşadi. Şundan söng sovetlar oltinning qolgan qismini berişmaydi.
Mavzuga oid
Keyinçalik Sovet hukumati bir neça bor barça oltin Ruminiya hukumatiga qaytarilganini ta’kidladi. Biroq Ruminiya rasmiylari buni inkor qiladi va mulkning faqat bir qismi qaytarilganini aytadi.
Oltinlar Moskvaga yuborilgandan buyon 107 yil ötdi va ruminlar hanuzgaça Rossiyadan öşa oltinlarni qaytarib berişni talab qilişadi. Rossiya esa ikkinçi jahon uruşida Ruminiya SSSRga bostirib kirganini aytib, oltinlar tovon puli sifatida uşlab qolinganini aytadi.
Ruminiya 1944 yilgaça qirollik bölgan. Nemislar yengilgandan söng bu davlat sovetlar ta’siri ostiga tuşib qoladi va sotsialistik respublikaga aylantiriladi.
Şundan söng uzoq yillar davomida ruminlar “katta oğa” Moskvadan 1916 yilda topşirilgan oltinlarni qaytariş böyiça keskin talab qöya olmaydi.
1960-yillarda Ruminiyaga Nikolay Çauşesku rahbarlik qila boşlaydi. Turli manbalarda yozilişiça, u Brejnev bilan uçraşgan kezlarda bir neça marta oltinlar haqida söragan. Sovet rahabri unga yumşoqqina qilib oltinlar tovon sifatida uşlab qolinganini “tuşuntirgan”.
1991 yilda SSSR parçalanib ketdi. Ungaça 1989 yilda Ruminiyada Nikolay Çauşesku ham hokimiyatdan çetlatildi. Mamlakat sotsialistik tuzumdan voz keçdi va Yevroittifoq tomon yuz burdi. Keyinroq NATOga qöşildi.
Şundan söng mamlakat markaziy banki Rossiyaga omonatga berilgan oltin masalasini yana qayta kötara boşladi. Biroq oltin topşirilgan 1916 yildan buyon uç marta tuzum özgargan Rossiya endi Ruminiyaning da’volarini tan olmayapti.
Aksinça, rus siyosatçilari, OAV xodimlari va blogerlari Ruminiyaning özini qarz qilib qöyişayapti. Ularning fikriça, ikkinçi jahon uruşida Ruminiya Germaniya bilan ittifoqçi bölgan. SSSRga bostirib kirib mamlakatga zarar yetkazgan. Şu sababli ruminlar Rossiyaga tovon puli tölaşi kerak.
Bundan taşqari, Rossiya ikkinçi jahon uruşida ruminlarni faşizm balosidan qutqarib juda katta iş qilgan. Bu uçun rumin xalqi bir umr ruslardan minnatdor bölib yurişi kerak.
Ruuminiya qirolligining oltin tangalari
Sönggi yillardagi da’volar2022 yil 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi. Şundan söng Ğarb Rossiyaga qarşi sanksilar joriy qilib kelyapti. Bundan taşqari, Rossiyaning Yevropa va Amerika banklarida bölgan pullari muzlatildi.
Oxirgi paytlarda Rossiyaning muzlatilgan pullarini Ukrainani tiklaş uçun beriş masalasi kötarilyapti va katta ehtimol bilan qaçonlardir şu holat yuz beradi.
Rossiyaning aktivlari muzlatilgandan söng Ruminiyada öşa pullar hisobidan 1916 yilda topşirilgan oltinlarning haqini ajratib oliş masalasi kun tartibiga çiqdi.
Bunda Ruminiya hukumati bilan birga OAV ham jonbozlik körsatyapti va oltinlarni qaytariş mavzusida köplab maqolalar e’lon qilindi.
Ularda Ruminiya hukumati Ğarb davlatlari, jumladan AQŞ va Yevroittiffoq muzlatilgan Rossiya aktivlaridan bir qismini 1916 yilda omonatga topşirilgan oltinlar uçun berişi kerak degan talab ilgari surilyapti.
Qolaversa, 2023 yil 20 noyabr kuni ötkazilgan tadbirda Ruminiya Milliy banki Rossiyaga topşirilgan oltinlarning statusini özgartirdi. Endi u “Rossiyaning debitorlik qarzi” deb atalmoqda.
2023 yil aprel oyida Ruminiya hukumati Yevropa Ittifoqiga murojaat qilib, 1916 yilda Rossiyaga topşirilgan oltinlarni qaytarib olişda yordam söradi.
Şuningdek, ruminiyalik deputat Yeujyen Tomak Yevroparlamentda çiqiş qilib, Rossiya Ruminiyaning boyliklaridan oz qismini qaytarganini, uning asosiy qismi qaytarilmagani va hozirda uning qiymati 40 mlrd dollarga baholanayotganini ma’lum qilgan.
Deputat Rossiya hukumati Ruminiya oltin zaxiralarini qaytariş böyiça muzokaralardan qoçayotganini aytgan. U bunga qarşi çora sifatida Yevroparlamentdan Rossiyani Ruminiyaga oltin zaxiralarini qaytarişga majbur qiladigan normativ hujjat işlab çiqişni talab qilmoqda.
Bundan taşqari, Ruminiyada şu mavzu böyiça tadbirlar uyuştirilyapti, ingliz tilida çop etilgan turli tadqiqotlar va maqolalarning taqdimoti ötkazilyapti.
Ana şunday tadbirlardan biri Ruminiya markaziy banki tomonidan 2023 yil 20 noyabr kuni “Moskvaga evakuatsiya qilingan Ruminiya xazinalari – bir asrdan ortiq davom etayotgan debitorlik qarzlari” nomi ostida ötkazildi.
Tadbirda Kristian Pauneskuning “Moskvaga olib ketilgan va heç qaçon qaytib kelmagan Ruminiya Milliy banki xazinasi” va Ilya Skiporning “Ruminiya ğaznaçiligi taqdiri – Rossiya arxivlaridan argumentlar” nomli ilmiy tadqiqotlari taqdim etildi.
Tadqiqotlar e’lon qilingaç rossiyaliklar ham darhol qarşi hujumga ötişdi. Turli ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari va blogerlar öz munosabatlarini bildirişdi.
Bu munosabatlarning aksariyati aniq faktlardan köra köproq şovinistik ruhda umumiy gaplardan va haqoratlardan iborat bölgan. Rossiyaliklar ruminlarning da’volariga quyidagiça javob qaytargan:
Ruminiya Rossiyaga topşirgan oltin hajmi 93 tonna emas, 64 tonna bölgan va u allaqaçon qaytarilgan;
Mabodo qaytarilmagan bölsa, u ikkinçi jahon uruşi paytida Ruminiya armiyasi tomonidan SSSR hududiga yetkazilgan zarar uçun tovon sifatida uşlab qolingan;
Rossiya Ruminiyadan qarzdor Rossiya emas. Balki Varşava şartnomasi taşkiloti mavjud bölgan yillarda qilingan “barça yaxşiliklar uçun” Ruminiya Rossiyadan qarzdor bölib qolmoqda.
Rossiyaliklar bu bilan çeklanib qolişmadi. Ular qaytargan javobning kulminatsion nuqtasi yolğon ma’lumotlar bilan boyitilgan hujjatli film böldi.
Zvezda telekanalida efirga uzatilgan hujjatli filmning banneri
Film Sergey Medvedevning “Zvezda” telekanalidagi studiyasi tomonidan tayyorlangan bölib, unda faqat Rossiya tomonining vajlari keltirilgan.
Film namoyiş qilingandan söng ayrim rus jurnalistlari Ruminiya oltinlari haqidagi haqiqatni bilmoqçi bölganlar ikkinçi tomonning vajlarini ham eşitib körişi kerakligi, ruslar tayyorlagan film bir tomonlama yolğon tarğibotdan iborat bölib qolganini yozib çiqişdi.
Jumladan, rossiyalik taniqli yozuvçi va jurnalist Sergey Golubitskiy Ruminiyaning oltin da’vosi haqida bir neçta maqola e’lon qilgan.
Uning yozişiça, 1916 yilda Ruminiya oltinlarining Rossiyada saqlanişi haqidagi taklif Buxarestdan emas, Sankt-Peturburgdan çiqqan va ruslar ruminlarga “özlarining xolis xizmatlarini” taklif etişgan.
Qolaversa, 1917 yilda sodir bölgan davlat töntarişigaça Ruminiya oltinlari haqida heç qanday muammo bölmagan va Rossiya özini omonatdor deb bilgan.
Sergeyning yozişiça, 1916 yilda ruminlarning oldida ikkita yöl bölgan. Oltinlarni saqlaş uçun Britaniya ğaznasiga yoki Rossiyaga topşiriş. Öşanda Rossiya varianti tanlanadi (hozirda Britaniya ğaznasida ham Ruminiya oltinlari bor va ular bilan muammo yöq).
Sergey Golubitskiy Foto: datab.us
Sergey Golubitskiy rumin oltinlari haqida şunday yozadi:
“Ruminiya özining milliy xazinasini Rossiyaga vaqtinça saqlaş uçun topşirganda, bu davlatga işondi. Rossiyada hokimiyatni bir töda qaroqçilar va terrorçilar egallab olgandan söng, bu işonç yançib taşlandi. Dastlab Trotskiy oltin, zargarlik buyumlari, qimmatbaho qölyozmalar va rasmlar burjuaziya emas, balki faqat “rumin xalqi”ga qaytarilişini e’lon qildi. Keyinçalik, Lenin Ruminiya Milliy banki muhrlarini yöq qiliş uçun oltinlarni eritib yuborişni buyurdi. Stalin oltin quymalarini davlat ğaznasiga (Goxran) qöştirib yubordi. Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç avvaliga Ruminiyaning bir qismi sovetlar tomonidan bosib olindi. Uruş tugagaç bu davlat Moskvaning “kommunistik qopqoni”ga tuşdi. Şu tariqa yarim asr Şarqiy Yevropaning boşqa “baxtsiz” davlatlari qatori siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini yöqotdi. SSSR parçalangaç sovetlar Ruminiyadan çiqib ketayotib “Biz sizdan emas, aksinça siz bizdan qarzsiz” deb çiqib ketişdi”.
Axloqiy imperativ (şarsiz talab – falsafiy termin) mantiğiga köra, Rossiya tomonidan vaqtinça saqlaş uçun olingan hamma narsa heç qanday qöşimça şartlarsiz va sözsiz egasiga qaytarilişi kerak. Şundan keyingina ikkinçi jahon uruşi paytida Ruminiya armiyasi yetkazgan zarar uçun da’vo qiliş mumkin.
Biroq Rossiya heç qaçon bunday qilmaydi, qila olmaydi ham. Çunki ikkinçi jahon uruşigaça SSSR Polşa, Finlandiya, Ruminiya, Çexoslovakiya va Vengriyaga bostirib kirgan va faşistlar Germaniyasi bilan ularning hududlarini özaro taqsimlab olgan edi. Ya’ni ruminlar SSSRga zarar yetkazişidan avval SSSR ularga zarar yetkazib bölgan edi.
Ana şunday şaroitda Rossiyaning Ruminiyaga tegişli oltinlarni ikkinçi jahon uruşidagi bosqinçilik uçun tovon puli sifatida uşlab qolindi deyişi Sergey Golubitskiyga köra mantiqsizlik.
Çunki ikkinçi jahon uruşi boşlangan kezda avval SSSR Ruminiyaga bostirib kirgan va hatto hududining bir qismini tortib olgandi. Şu sababli agar “barçasi taroziga qöyilsa” toş Ruminiya tomonga bosib ketişi turgan gap.
Sergey Golubitskiy Ruminiyaning Rossiyaga da’vosi haqida yozar ekan, hozirgi kunda dolzarb bölib turgan öxşaş holatni misol tariqasida keltiradi.
Ya’ni Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQŞga öz aktivlarini saqlaşni işonib topşirdi va keyin Ukrainaga hujum qilib, uning infratuzilmasiga juda katta zarar yetkazdi.
Yevropa Ittifoqi va AQŞ qanday yöl tutdi? Avvaliga ular Rossiya markaziy bankining Ğarbdagi aktivlarini muzlatib qöyişdi. Endi öşa aktivlarni hatto harbiy harakatlar tugaşini kutmasdan Ukrainaga topşiriş uçun qonuniy asoslarni öylab topişmoqda.
“Bugun Rossiya Ğarbdagi aktivlar böyiça muammolarga duç kelayotgani sizga heç narsani eslatmayaptimi? Aslida, bu yerda eslaydigan heç narsa yöq. Şunçaki, Rossiya omonatga olingan Ruminiya oltini böyiça qanday pozitsiyada bölsa, Ğarb ham Rossiya pullari masalasida şunday pozitsiyada bölmoqda. Bu yerda bahslaşadigan holat yöq – agar kimdir sizga işongan bölsa, siz öz majburiyatlaringizni bajarişingiz va işonçni oqlaşingiz kerak, tamom vassalom. Şundan keyin siz ham öz da’volaringizni ilgari suring”, deydi Sergey Golubitskiy.
Ruminiyada 107 yil avval topşirilgan oltinni Rossiyadan oliş imkoniyati bormi? Sergeyga köra, albatta, bor. Agar Rossiya Ukrainadagi uruşda mağlubiyatga uçrasa va uning iqtisodiyoti qulasa yoki hokimiyat tubdan özgarsa buning iloji bölişi mumkin.
Qaçonlardir Rossiyaning Ukrainaga muqarrar tovon tölaşi töğrisida kelişuv qilinsa, bu Ruminiyaning foydasiga ham işlab ketişi mumkin.
“Ruminiya tomoni şuni bilişi kerakki, bunday ssenariyda “Rumin oltini” masalasini hal qiliş birgina Rossiyaning Ukrainadagi mağlubiyati yoki Rossiyada hokimiyat almaşuvi bilan hal bölmasligi ham mumkin. Çunki har ikki holatda ham Rossiya AQŞ bilan qandaydir kelişuvlarga erişsa Ruminiya öz oltinlarini qaytarib ololmasligi aniq. Şu sababli Ruminiyaning Rossiyadan öz oltinini undirişi hammadan köproq ikki yirik davlat örtasidagi munosabat va kelişuvlarga boğliq”, deydi Sergey Golubitskiy.
Bugun Rossiya va Ukraina örtasida keçayotgan uruşning natijasi hozirça juda mavhum. Şu sababli Ruminiya öz oltinlarini bu yaqin orada ololmasligi kunday ravşan. Qisqasi, Rossiyadan oltinlarini undiriş hozirça aniq imkonsiz. Bu kelajakda ham sodir bölmasligi ehtimoli yuqori.