Daniya qiroliçasi Margrete II 31 dekabr, yakşanba kuni sözlagan nutqida taxtdan voz keçiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Monarxning sözlariga köra, bu uning taxtga ötirganining 52 yilligi munosabati bilan 14 yanvar kuni sodir böladi. U taxtni öğli, valiahd şahzoda Frederikka topşiriş niyatida. Daniya ommaviy axborot vositalari bu bayonotni «mutlaqo tarixiy» deb atadi. 

Qiroliçaga köra, bunday qarorga 2023 yilning fevral oyida ötkazgan bel operatsiyasi sabab bölgan. Operatsiya muvaffaqiyatli ötdi, ammo Margrete ta’kidlaganidek, bu uning taxtdagi istiqbollari böyiça öylab körişga turtki berdi. Daniya qiroliçasi taxtdan voz keçiş niyatini e’lon qilganda, uning Kopenhagendagi Amaliyenborg saroyi oldida nutqini eşitiş uçun yiğilgan olomon buni olqişladi.

Margrete öz nutqida Ukraina va Ğazo sektoridagi uruşlar, global iqlim özgarişi va sun’iy intellektni ham tilga oldi. 

Margrete II 1972 yilda taxtga ötirdi va qarindoşi bölgan Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II vafotidan söng Yevropaning eng uzoq hukmronlik qilayotgan monarxiga aylandi.