Rossiyada 1 yanvarga o‘tar kechasi migrantlar ommaviy ravishda ushlandi - OAV
«Fontanka» gazetasining yozishicha, bir kechada shahar markazidan Peterburg politsiya bo‘limlariga 3 mingga yaqin xorijlik fuqarolar yetkazilgan.

Foto: Telegram / sotaproject
Moskva va Sankt-Peterburgda 1 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi politsiya migrantlarga qarshi reydlar uyushtirdi. Bu haqda rus tilidagi OAV va Telegram-kanallari xabar bermoqda.
The Moscow Times gazetasining yozishicha, Rossiya Federatsiyasi poytaxtidagi tadbirlarda politsiya qo‘shni davlatlardan kelgan xorijliklarni «ma’lumotlar bazasidan huquqbuzarliklarni qidirish» bahonasi bilan qo‘lga olib, avtozaklarda olib ketgan. Sota Telegram-kanaliga ko‘ra, hatto qor bobo kiyimidagi erkak ham ushlangan: «U tojikistonlik bo‘lib chiqdi».
«Bumaga» onlayn-nashri xabar berishicha, xuddi shunday holat Sankt-Peterburgda «Gostinyy dvor» va «Admiralteyskaya» metro bekatlari yaqinida sodir bo‘lgan, «Gostinyy dvor» bekatida esa qo‘lga olishlar ancha keng ko‘lamda amalga oshirilgan.
«Fontanka» onlayn-nashri 1 yanvarga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgning markaziy qismidan politsiya bo‘limlariga jami 3000 ga yaqin xorijlik fuqarolar olib kelinganini ta’kidlamoqda. «Yetkazilganlarning 600 dan ortig‘i turli xil migratsiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyada bo‘lgan. Ularning barchasiga ma’muriy bayonnoma shaklida «sovg‘alar» topshirildi. Yuzdan ortiq odam Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilishi mumkin», - deya aniqlik kiritadi nashr.
Moskva va Sankt-Peterburgda o‘tgan yil 1 yanvarga o‘tar kechasi ham migrantlarga qarshi ommaviy reydlar bo‘lib o‘tgandi, deb eslatadi The Moscow Times. Gazeta huquq faoli Valentina Chupikning so‘zlaridan iqtibos keltirgan, unga ko‘ra, «2023 yil yozi boshidan buyon Rossiya xavfsizlik kuchlariga muhojirlar va yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan shaxslarni harbiy ro‘yxatga olish uchun qidirib topish bo‘yicha reydlar o‘tkazish buyurilgan».
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
Jamiyat | 07:40
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
Mavzuga oid

22:47 / 20.05.2025
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin

21:36 / 20.05.2025
O‘zbekistonlik jangarilar Suriyada Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi – OAV

20:36 / 20.05.2025
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi

18:46 / 20.05.2025