Yaponiyaning ğarbiy sohilidagi Noto yarimorolida sodir bölgan kuçli zilzilalar oqibatida halok bölganlar soni ortişda davom etmoqda. Boş vazir Fumio Kişida 2 yanvar, seşanba kuni «köplab qurbonlar» borligini aytdi. U omon qolganlarni qutqariş jarayonini «vaqt bilan poyga» deb atadi.
Mainichi Shimbun gazetasining xabar berişiça, kamida 16 kişi halok bölgani tasdiqlandi. Eng köp qurbonlar Isikava prefekturasi Vadzima şahrida bölgan: NHK telekanali ma’lumotlariga köra, u yerda 8 kişi hayotdan köz yumdi. Kamida yetti kişi jiddiy jarohat oldi, köplab binolar vayron böldi – önlab uylar yonib ketgan, yana köplari qulagan, deb xabar berdi mahalliy hukumat. 13 soatdan keyin ham yonğinlarni töliq öçirişning imkoni bölmagan. Mintaqada qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.
Tokiodagi uylarda ham silkiniş sezildi
1 yanvar kuni Yaponiyaning markaziy qismida zilzila yuz berdi, uning magnitudasi 7,6 ni taşkil etdi. Zilzila episentri Noto yarimorolida joylaşgan, ammo hatto Yaponiya poytaxti Tokio yaqinida, taxminan 400 km masofadagi uylarda ham silkinişlar sezilgan. Yer silkinişi natijasida köçkilar yuz berdi, yöl qoplamalari yorilib, daraxtlar ağdarildi. Bir qator prefekturalar 5 metrgaça bölgan sunami haqida ogohlantirdi va keyinroq u bekor qilindi, biroq mahalliy aholidan ehtiyot çoralarini köriş söralmoqda.
Boş vazir Kişida sözlariga köra, şikastlangan transport yöllari tufayli yarimorolning şimoliy qismiga yetib boriş qiyinlaşgan. Qutqaruvçilar dengiz orqali alohida hududlarga yetib borişga urinib köradi.
Seşanba kuni ertalab ham afterşoklar davom etdi. Yaponiya meteorologiya boşqarmasi ma’lumotlariga köra, duşanbadan beri jami 155 ta yer silkinişi qayd etilgan. Meteorologlarning ogohlantirişiça, hafta davomida, ayniqsa, keyingi ikki-uç kun içida yana kuçli zilzilalar yuz berişi mumkin.

















