O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogi uchun tarkibi e’lon qilindi. Jarohati sababli Eldor Shomurodov Qatardagi turnirni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Milliy jamoa sardori va yetakchisining hujum chizig‘idagi o‘rnini Srechko Katanets kimga ishonishi savolligicha qolmoqda. 26 o‘yinchidan iborat ro‘yxatga 3 nafar hujumchi kiritilgan.
Tarkib
O‘zbekiston milliy jamoasining Qatarga yo‘l olgan 28 o‘yinchidan iborat tarkibidan 26talik ro‘yxatga Eldor Shomurodov va Shahboz Umarov kiritilmadi. Shunga qaramay, bosh jamoamiz safida eng ko‘p gol urgan Eldor Shomurodovning Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etishi imkoniyatiga batamom nuqta qo‘yilmagan. Sababi 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi ilk bellashuvga 6 soat vaqt qolgunicha tarkib borasida so‘nggi qarorga kelish mumkin. Shundan so‘ng musobaqaning final o‘yiniga qadar tarkib o‘zgarmaydi. Hozircha Shomurodovning musobaqadagi 14-raqamida Jamshid Boltaboyev o‘ynashi ma’lum qilingan.

Osiyo kubogi-2023 uchun O‘zbekiston milliy jamoasining tarkibi:
Darvozabonlar: 1. O‘tkir Yusupov («Navbahor»), 12. Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), 16. Botirali Ergashev (OKMK).
Himoyachilar: 2. Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»), 3. Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), 4. Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), 5. Rustam Ashurmatov («Rubin»), 13. Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), 15. Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), 23. Husniddin Aliqulov («Rizespor»), 25. Abduqodir Husanov («Lans»), 26. Zafarmurod Abdirahmatov («Nasaf»).
Yarimhimoyachilar: 6. Diyor Xolmatov («Paxtakor»), 7. Otabek Shukurov («Fotih Karagumruk»), 8. Jamshid Iskanderov («Navbahor»), 9. Odil Hamrobekov («Paxtakor»), 10. Jaloliddin Masharipov («Panserraikos»), 11. Oston O‘runov («Navbahor»), 14. Jamshid Boltaboyev («Navbahor»), 18. Abdulla Abdullayev («Xorfakkan»), 19. Aziz Turg‘unboyev («Paxtakor»), 20. Hojimat Erkinov («Paxtakor»), 22. Abbosbek Fayzullayev (TsSKA).
Hujumchilar: 17. Bobur Abdiholiqov («Ordabasi»), 21. Igor Sergeyev («Patum Yunayted»), 24. Azizbek Amonov («Nasaf»).
Shomurodov tiklanishga ulgurishi mumkinmi?





















