AQSh Ukrainadan Rossiya bilan urush olib borishning aniq rejasini so‘raydi
Qo‘shma Shtatlar Davos forumida Zelenskiydan Kiyev o‘zini Rossiya Federatsiyasidan qanday himoya qilishni rejalashtirayotganini tushuntirishni so‘raydi. Vashington Zelenskiy va Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Zalujniy o‘rtasidagi mojaro strategiya ishlab chiqishni qiyinlashtirishi mumkinligidan xavotirda.

Foto: AP
AQSh Ukrainadan Rossiya bilan urush olib borishning aniq rejasini talab qilmoqchi. Bu haqda 10 yanvar kuni kechqurun Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar berdi. Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeyk Sallivan 15 yanvar kuni Davosda ochiladigan Jahon iqtisodiy forumi arafasida tegishli tushuntirishlar olish uchun katta ehtimol bilan Zelenskiyga murojaat qiladi.
Bloomberg manbalaridan biri tushuntirganidek, Ukraina armiyasi hozirda 2024 yil uchun harbiy kampaniya rejasini ishlab chiqmoqda va Vashington o‘z yordamini qanday qilib yaxshiroq muvofiqlashtirishi mumkinligini tushunmoqchi.
Shu bilan birga, Oq uy Zelenskiy va Ukraina qurolli kuchlari (UQK) bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklar haqidagi xabarlardan xavotirda, bu, amerikalik rasmiylarga ko‘ra, keyingi strategiyani ishlab chiqishni qiyinlashtirishi mumkin.
AQShning Ukrainaga yordami
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil va Tayvanni qo‘llab-quvvatlash uchun 106 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. Shundan 61 milliard dollarni Kiyevga jo‘natish taklif qilinmoqda. Kongressdagi respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli bu paket hali kelishib olinmadi. Ukrainaga 2023 yilda 250 million dollar miqdoridagi harbiy yordamning oxirgi paketi dekabr oyida ajratilgan edi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Rossiyaning 300 milliard dollar miqdorida muzlatilgan aktivlari bir qismini Kiyevga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Kengash va AQSh Kongressi vakillari bu borada izoh berishdan bosh tortdi. Jahon bankining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainani tiklash uchun 411 milliard dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi. AQSh Davlat departamenti Vashington G7'dagi hamkorlar bilan birgalikda Rossiya mablag‘lari hisobidan Ukrainaga tovon to‘lash masalasini o‘rganayotganini bildirdi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning muzlatilgan aktivlari Ukrainaga berilishi ehtimolini izohlar ekan, bu AQSh moliyaviy obro‘siga putur yetkazishi haqida ogohlantirdi. U, shuningdek, Moskva Vashingtondan Rossiya pullarini musodara qilish rejalari haqida bildirishnoma olmaganini qayd etdi, deb yozadi Bloomberg.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi
Jahon | 23:00
-
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
Jahon | 22:58
-
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 22:52
-
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin
Jahon | 22:47
Mavzuga oid

22:39
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi

22:06
AQSh 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilishi mumkin

20:43
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

17:07