Rossiyalik bloger Toshkent teleminorasining taqiqlangan eng yuqori qismiga chiqdi
Toshkent teleminorasi ma’muriyatiga ko‘ra, holat 2022 yilda kuzatilgan bo‘lib, bloger aslida teleminoraning restoran qismiga ovqatlanish uchun chiqqan. So‘ngra u yerdan tashqaridagi temir konstruksiyalariga osilib, maxsus narvonlar orqali yuqoriga ko‘tarilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger Toshkent teleminorasining taqiqlangan eng yuqori qismiga chiqqani aks etgan video tarqaldi. Toshkent teleminorasi ma’muriyatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bu 2022 yilda sodir bo‘lgan.
Ma’muriyatga ko‘ra, teleminoraning taqiqlangan qismiga chiqqan bloger rossiyalik bo‘lib, video uning “Gopro” kamerasida tasvirga olingan. Klimbing (tirmashib chiqish) sporti bilan shug‘ullanib, shu yo‘nalishda videolar tasvirga oladigan bloger aslida teleminoraning “Alvon” zali – restoran qismiga ovqatlanish uchun chiqqan. So‘ngra u yerdan tashqaridagi temir konstruksiyalariga osilib, hayot uchun xavfli holatda machtachilar foydalanadigan maxsus narvonlar orqali yuqoriga ko‘tarilgan.
Bloger tarqatgan videotasvirlar 2022 yilda olingan bo‘lib, uning Instagram’dagi sahifasiga 2024 yil yanvar oyida joylangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi kunda teleminoraning taqiqlangan qismlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qat’iy nazoratga olingan.
Blogerning Instagram’da yozishicha, teleminoraga kirishda qo‘riqlash xizmati xodimlari metallodetektorlar orqali barcha elektron uskunalarni olib qo‘ydik deb o‘ylagan, lekin bloger o‘zi bilan yashirincha tasvirga oluvchi boshqa texnikalarni olib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Bloger teleminora tepasiga chiqa olmasam kerak, deb o‘ylagan, lekin kutilmaganda nazoranciz koridor orqali qo‘riqchilar ko‘zini shamg‘alat qilib, faqat texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan joydan yuqoriga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Kameralar soni ko‘pligi sababli bloger “hozir oldimga qo‘riqchilar yetib kelishsa kerak” deb o‘ylagan, ammo u bilan hech kimning ishi bo‘lmagan. Shundan so‘ng, u zinalar orqali yuqoriga ko‘tarilgan hamda yashiringan holda teleminora tepasiga chiqib, syomka qilib qaytishni uddalagan. Blogerning aytishicha, videoni e’lon qilgach, teleminora ma’muriyati videoni o‘chirishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
-
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 22:51 / 27.05.2025
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025