Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şenjen şahrida Xitoyning BYD kompaniyasi boş qarorgohi va texnologiyalar markaziga taşrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Taşrif çoğida kompaniya yutuqlariga bağişlangan körgazma, avtomobillar va boşqa turdagi texnikalarning işlab çiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning yangi texnologiyalari va ilğor işlanmalari namoyişi bölib ötdi.

Davlat rahbari kompaniya prezidenti Van Çuanfu bilan birga Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yiğiş böyiça loyihani işga tuşirişga bağişlangan tantanali marosimda iştirok etdi.

Prezident yaqin istiqbolda bozordagi talabdan kelib çiqib modellar qatorini kengaytiriş va işlab çiqariş quvvatini yiliga 300 ming donagaça oşiriş zarurligini körsatib ötdi.

Şuningdek, kompaniyaning Özbekistonda BYD elektr avtobuslarini yiğişni yölga qöyiş, ehtiyot qismlarini mahalliylaştiriş va muhandislik-servis markazlarini taşkil etiş borasidagi rejalari qöllab-quvvatlandi.

Taşrif çoğida kompaniya Özbekistonga 10-minginçi avtomobilini yetkazib berganining ramzi sifatida Şavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobili hadya qilindi.