Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar piyodalar uchun bo‘lishi kerak - Shavkat Mirziyoyev
Jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidai yig‘ilishda jamoat transporti masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylanmaganini qayd etdi.
«Jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani – bu tizimga berilgan baho», dedi prezident.
Viloyatlarga yetkazilishi reja qilingan avtobuslarning hammasi ham olib kelinmagani, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimini joriy qilish ishlari yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.
Transport vaziri va viloyat hokimlari bu ishlarni to‘liq yakunlab, 1 martga qadar 5 ta viloyat markazida, 1 iyungacha qolgan 8 ta shaharda yangi tizimni yo‘lga qo‘yishi shartligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda Toshkent shahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etildi.
Ayrim ko‘chalarda ish kunlari o‘rtacha 7-9 ballik, ba’zan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, ba’zilariga 2 karra ko‘p yuklama tushmoqda.
Oqibatda kunning tig‘iz paytida manzilga borish uchun 2 barobar ko‘p vaqt sarflanmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligiga tizimli yondashgan holda tirbandliklar muammosi bo‘yicha takliflarni shakllantirish va Prezidentga taqdimot qilish topshirildi.
«Shaharsozlik va yo‘l harakatiga mas’ul barcha bo‘g‘indagi rahbarlar "Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni o‘zining asosiy tamoyili qilib olishi shart.
Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak», - dedi prezident.
Mavzuga oid
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026