Ekologiya vazirligi hisob-kitoblariga köra, Toşkent şahri havosidagi PM2,5ning 60-65 foizi sifati Euro-4'dan pastroq bölgan yoqilği, ya’ni AI-80 benzinida yuradigan maşinalardan çiqadigan zarraçalar hisobiga köpaygan.

Bu haqda ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Qonunçilik palatasidagi çiqişida ma’lum qildi.

“Bundan taşqari, oxirgi yillarda yerlar degradatsiya bölişi oqibatida Qozoğiston va özimizning çöllangan hududlardan mayda zarraçalar kötarilib, Toşkent şahrida PM2,5 zarraçalarining köpayişiga olib keladi. Bu taxminan 15-20 foiziga töğri keladi”, – dedi Abduhakimov.

Vazirga köra, PM2,5ning qolgan 20 foizi kömir va mazut yoqiş köpaygani va sanoat korxonalari hisobiga töğri keladi.

Şuningdek, Abduhakimov yuqorida sanalgan raqamlar birgina Özgidromet xizmati agentligida emas, balki xalqaro taşkilotlarning hisobotlarida ham körsatilganini qöşimça qildi.