2023 yilning 15 dekabr sanasida Toşkent metrosining 2 ta yölini boğlaş maqsadida Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesigaça qurilgan “Turon” hamda “Qipçoq” bekatlari poyezd harakati sinov tariqasida yölovçilarsiz işga tuşirilgandi.
Sinovning yakuniy muddati va yangi bekatlarning yölovçilar uçun qaçondan xizmat körsatişi haqidagi ma’lumotlar tajriba natijalari asosida ma’lum qilinişi aytilgandi. Ammo salkam 2 oy ötyaptiki, bu borada heç qanday xabar berilgani yöq. Kun.uz bu metro bekatlarining qaçon işga tuşirilişi borasidagi savol bilan 3 ta taşkilotga boğlandi.
“Toşkent metropoliteni” matbuot xizmatiga köra, bu böyiça töliq ma’lumot metro qurilişiga bevosita mas’ul “Özbekiston temiryöllari” AJda böladi. “Metro asosan ekspluatatsiyaga javob beradi, ular topşirgandan keyin biz işlatamiz”, – dedi DUK matbuot kotibi Töyçi Mirzayev.
“Özbekiston temiryöllari” matbuot kotibi Alişer Boltaboyevning aytişiça, ayni şu metro bekatlaridagi barça quriliş işlari yakunlangan. “[Ularni] Transport vazirligi oçib berişi kerak ekan, kutib ötiribmiz”, – dedi Boltaboyev.
Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov esa “Turon” va “Qipçoq” metro bekatlari foydalanişga topşirilişidan avval rasmiy xabar e’lon qilinişini aytdi. Hozirda sinov jarayoni qaysi bosqiçda ekani, dastlabki xulosalar va bekatlar qaçon aholiga topşirilişi haqida ma’lumot oçiqlanmadi.
Eslatib ötamiz, Qöyliqdan Sergeligaça bölgan yerusti halqa yöli jami 7 ta metro bekatini öz içiga olgan. Uning qurilişi 2020 yilning dekabr oyidan boşlangan. 2023 yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanişga topşirilgandi.











