Sudyalar oliy kengaşi qarori bilan 18 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda kengaş axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilişiça, mukofotlangan sudyalar 2024 yil yakunlari böyiça faoliyatida alohida örnak va namuna körsatgan hamda yuqori reyting körsatkiçlarga ega bölgan. Mukofotlanganlar orasida Namangan viloyati sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi Avazbek Inomov ham bor.
Avazbek Inomov avvalroq katta miqdordagi elektr energiyasini öğirlagani uçun 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Ğulom Sultonovni apellyatsiya instansiyasida sud zalidan ozod qilib “tilga tuşgandi”.
Holat qanday bölgandi?
Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 7 avgustdagi ajrimi bilan juda köp miqdorda öğirlik qilgan Sultonov Ğulom A’zamoviçga nisbatan çiqarilgan sud hukmi özgartirilib, u sud zalidan ozodlikka çiqarilgan. Apellyatsiya instansiyasi sudiga Avazbek Inomov raislik qilgan.
Sud ajrimiga köra, sudlanuvçi Ğulom Sultonov özi rahbar bölgan Uyçi tumanidagi “Jiydakapa baraka çorva” fermer xöjaligiga qaraşli çorvaçilik kompleksi va sutni qayta işlaş sexini elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, elektr energiyasini yaşirin ravişda talon-toroj qilganlikda ayblangan. Zarar miqdori 200 mln 326 500 sömni taşkil qilgan.
Sudlanuvçi JIB Uyçi tuman sudi hukmiga köra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda köp miqdorda öğirlik qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida hukm özgartirilişi natijasida sudlanuvçiga tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 3 yil muddatga ozodlikdan çeklaş jazosiga özgartirilgan. Mahkum sud zalidan darhol ozod etilgan. Hukmda yetkazilgan zarar qoplangani keltirilgan.
Ğulom Sultonov Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonovning öğli hisoblanadi
Deyarli bir xil holatdagi ikki işda hokimning öğli qamoqdan ozod etilib, oddiy fuqaro qamoqqa tiqilgani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarni keltirib çiqardi. Şundan söng Ğulom Sultonov işi Namangan viloyat sudida taftiş instansiyasida körib çiqildi. Çiqarilgan ajrimga asosan, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi bekor qilinib, Sultonovga nisbatan birinçi instansiya sudi çiqargan hukm öz kuçida qoldirilgan. Ya’ni u 2,5 yilga ozodlikdan mahrum

















