
UzAuto Motors ommabop avtomobillar uçun şartnomalarni yangilaganini ma’lum qildi. Narxlar turli maşinalar kesimida 10-12 foiz atrofida oşgan.
Xususan, Nexia, Spark, Damas va Cobalt avtomobillari narxi 10 foizga, Gentra narxi esa 12 foizga qimmatlaşdi. Spark, Nexia va Cobalt'ning nisbatan arzonroq mexanik uzatmali komplektatsiyasi hamon sotuvda yöq.
- Damas — 86 110 000 söm
- Spark 4-pozitsiya — 104 095 000 söm
- Nexia-3 AT/plus — 119 921 000 söm
- Cobalt AT/plus — 125 795 000 söm
- Gentra 1-pozitsiya — 128 284 000 söm
- Gentra 3-pozitsiya — 153 506 000 söm
- Tracker — 255 200 000 söm
- Tracker Redline — 264 000 000 söm
- Malibu 2 — 405 900 000 söm
- Traverse 2022 boşlanğiç komplektatsiya — 469 211 034 sömdan
- Traverse 2022 Premier — 647 600 000 söm
- Tahoe 2022 boşlanğiç komplektatsiya — 597 687 427 sömdan
- Tahoe 2022 RST — 947 499 99 söm
Şuningdek, 3 martdan boşlab Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uçun şartnomalar qayta tiklanişi ma’lum qilindi.
Kompaniyaning ma’lum qilişiça, narxlar «bozor tahlili natijalariga köra, şuningdek, xomaşyo tannarxining oşişi, kommunal xizmatlar uçun tariflar, milliy valutaning qadrsizlanişi va boşqa omillarni hisobga olgan holda» oşirilgan.











