Toşkent şahri Yangihayot tumanidagi 16 qavatli uyda pastga tuşayotgan liftning “trosi” uzilib, tezlaşib ketişi oqibatida 11 kişi jarohat oldi. Kun.uz muxbiri voqea sodir bölgan tundayoq hodisa joyida bölib, guvohlar bilan suhbatlaşdi. Ma’lum bölişiça, mazkur köp qavatli uyda lift bilan boğliq köngilsizliklar avval ham bot-bot takrorlanib turgan. 

Keça, 18 iyun 16:15larda Toşkent şahar Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY, Navröz köçasida joylaşgan 17-sonli köp qavatli uyning yuk taşiş uçun möljallangan lifti yuqoridan pastga tuşayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlaşib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga köra, 1-qavatga yaqinlaşganda liftning avtomatik tormoz tizimi işga tuşib töxtagan. Oqibatda liftda bölgan 11 nafar fuqarolar turli darajada yengil tan jarohati olib, RŞTYoIMga olib ketilgan. Tibbiy yordam körsatilgaç, fuqarolarga uyiga javob berilgan. 

Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, hodisa guvohlari bilan suhbatlaşdi. Ularning ma’lum qilişiça, bu mazkur köp qavatli uyda lift bilan boğliq kuzatilgan ilk holat emas.

“Trosi 15-14 qavatlarda sekin-sekin uzilib, 10-qavatga kelganida lift birdan pastga tuşib ketgan. Lift içidagilardan ayrimlarining oyoği singan, bitta yoş bolaning tişi sinib ketgan. Gap vaznda emas, liftning özida qandaydir nosozlik bor. Çora körişi kerak tegişli taşkilotlar. Mening ham 2 yoşli farzandim bor. Biror odam halok bölmasidan avval oldini oliş kerak”, deydi uyda yaşovçi fuqarolardan biri.

“Men liftning içida edim. Lift birdan pastga tuşib ketdi. 5 kişining oyoği sindi. Hamma joy çang-tözon bölib ketdi. Tez yordam kelib, barçamizni şifoxonaga olib ketdi. Soğimiz çiqib keldik, qolganlar tibbiy yordam oliş uçun qolişdi. Uyning liftlari oldin ham işlamay qolardi”, deya ta’kidlaydi voqea guvohi.

Yana bir fuqaroning ta’kidlaşiça, oldinroq uşbu lift 3-qavatdan pastga “qulagan” va tormozi işlab, uşlab qolgan.

Guvohlarning ta’kidlaşiça, hozirda quriliş taşkiloti mas’ullari liftga köp odam çiqqan va oğirlik me’yoridan oşib ketgan, degan vaj bilan işni yopti-yopti qiliş harakatida ekan. Ammo zamonaviy liftlarda oğirlik me’yordan oşsa, ogohlantiruvçi signal çalinib, lift “yurmaydi”.