«Joriy yilning 27 fevralidan 22 martiga qadar respublikaga çegara orqali kirib kelgan 837 ming nafar fuqaro [birlamçi] tibbiy körikdan ötkazildi. Şundan, epidemik vaziyat noxuş bölgan davlatlardan kelgan 19 479 nafar şaxs 14 kunlik tibbiy karantinga olingan.

Hozirgi kunga kelib, ulardan 6 748 nafari Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlarining xulosalari asosida karantindan yeçilgan, qolgan 12 731 nafari tibbiy kuzatuvda qolmoqda. Ulardan 7 416  nafari tibbiyot maskanlarida, 5 315 nafari uy şaroitida karantin ötamoqdalar», dedi Ğiyosov.

IIV rasmiysi qaysi hududda qança odam uy karantiniga olinganiga ham oydinlik kiritdi:

  • Toşkent şahrida – 1 794 nafar
  • Toşkent viloyati – 783
  • Navoiy v. – 380
  • Buxoro v. – 373
  • Jizzax v. – 336
  • Namangan v. – 311
  • Surxondaryo v. – 262
  • Samarqand v. – 250
  • Xorazm v. – 218
  • Qaşqadaryo v. – 202
  • Andijon v. – 170
  • Farğona v. – 157
  • Qoraqalpoğiston – 44
  • Sirdaryo v. – 35.

«Ularning barçasi, ya'ni 5 315 nafari hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan karantin qoidalariga qat'iy rioya etişi yuzasidan rasmiy ogohlantirildilar», dedi Şohruh Ğiyosov.

Eslatib ötamiz, 23 mart kunidan e'tiboran butun mamlakat böylab tibbiy niqobsiz harakatlaniş taqiqlandi. 25 martdan köçaga niqobsiz çiqqan fuqarolar jarimaga tortiladi.

Karantin qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda.