Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KUN.UZ Amir Temur o‘gitlarini yodga soladi
9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning 682 yilligi keng nishonlandi. Yurtimizning turli shaharlarida Amir Temur haykallari poyiga gullar qo‘yildi. Sohibqiron dunyoga kelgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘iga ham ko‘plab mehmonlar tashrif buyurishdi va bu yerda uning bolalik yillaridan to hukmronlik davrigacha bo‘lgan voqealar sahna ko‘rinishlari shaklida taqdim etildi.
KUN.UZ qutlug‘ sana munosabati bilan Amir Temurning xalq orasida keng tarqalgan o‘gitlari bilan bo‘lishishga qaror qildi:
- Kuch — adolatdadir.
- Kurashib erishilmagan g‘alaba g‘alaba emas.
- Chorasi yo‘q ishga kirishma, chunki undan qutulib bo‘lmaydi.
- Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing.
- Bir tayoqni sindirish mumkin, ko‘p tayoqni bukolmaysan ham.
- Og‘zingga qon to‘lsa ham, dushman oldida tupurma.
- Qilichim o‘tkir bo‘lsa-da, o‘ylab qinidan chiqardim, shirin so‘z aytib, g‘animning imon topmog‘iga yo‘l ochdim.
- Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi, bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.
- Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Alloh jasur kishilarni ardoqlaydi.
- Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. ***
- Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
- Bir kun keladiki, zolim o‘z barmoqlarini tishlaydi.
- Vahima— dushmanning yo‘ldoshi.
- Qilich o‘tkir bo‘lsa-da o‘z sopini kesmagay.
- Kechira olishlik— mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi.
- Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.
Mavzuga oid
20:58 / 12.04.2026
Temuriylar merosini o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi
21:47 / 09.04.2026
Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
11:22 / 24.03.2026