13:53 / 07.04.2018
7791

Kanadada YTH, xokkeychilar halok bo‘ldi

Kanadada «Gumboldt Bronkos» xokkey klubining o‘smirlar jamoasini olib ketayotgan avtobus avariyaga uchradi. Bu haqda FoxNews xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Avariya natijasida jamoaning bir necha xokkeychilari halok bo‘ldi. Voqea Tisdeyl shahri yaqinida yuz bergan, «Gumboldt Bronkos» o‘yinchilari u yerga «Nipavin Houks» bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish maqsadida yo‘l olgan. Jabrlanuvchilarning aniq soni xabar berilmadi.

Foto: twitter.com

«Houks» rahbariyati o‘yin bekor qilingani haqida ma'lumot berdi.

Klub avtobusida bo‘lgan xokkeychilar yoshi 16dan 21gacha bo‘lgan.

Ayni damda voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Politsiya va tergovchilar fojia sabablarini aniqlashtirmoqda.

 

Top