Jinoyat işlari böyiça Paxtaobod tuman sudining 2023 yil 27 yanvardagi hukmi bilan Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Oliy sud xabariga köra, Mansur Alixonov (1984 yilda Andijon tumanida tuğilgan, Asaka tumani hokimi lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer beriş tartibini buziş) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, uşbu hukmga köra U.S. (1982 yilda Şahrixon tumanida tuğilgan, Asaka tumani qişloq xöjaligi bölimi boşliği lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan;
O.Q. (1985 yilda Asaka tumanida tuğilgan, Kadastrlar palatasi Asaka tumani filiali mutaxassisi lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilib, iş haqining yigirma foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
Ma’lum qilinişiça, sudlanuvçilar Mansur Alixonov va U.S.ning himoyaçilari bilan birgalikda birinçi instansiya sudining hukmi ustidan keltirgan apellyatsiya şikoyatlari asosida jinoyat işining ularga oid qismini Andijon viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida körib çiqiş uçun 2023 yil 30 mart kuniga tayinlangan.
Mansur Alixonov 2020 yilning sentabr oyida Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. U öz vaqtida Jalaquduq tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
2022 yilning 27-sentabr kuni prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligida ötkazilgan yiğilişda yer munosabatlarini tartibga solişga oid qonunçilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yöl qöygan boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari uçun Mansur Alixonov tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.

















