Özbekistonda 12 kun davom etgan davlat imtihonlari yakuniga yetdi. Test topşirgan abituriyentlarning natijalari mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilindi.
Bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnaşdi. Bu ötgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma çiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan çetlatilganlar – 94 nafar.
Bu yil eng köp abituriyentlar Samarqand, Qaşqadaryo va Farğona viloyatlariga töğri keladi.
Eng yuqori örtaça ballar Buxoro, Toşkent va Farğona viloyatidan qatnaşgan abituriyentlar hissasiga töğri keladi. Hududlar kesimida örtaça ballar quyidagiça:
- Buxoro viloyati — 75,9 ball;
- Toşkent şahri — 74,6 ball;
- Farğona viloyati — 69,9 ball;
- Namangan viloyati — 68 ball;
- Xorazm viloyati — 68 ball;
- Navoiy viloyati — 67,2 ball;
- Samarqand viloyati — 67 ball;
- Qaşqadaryo viloyati — 65,9 ball;
- Jizzax viloyati — 65,5 ball;
- Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;
- Toşkent viloyati — 64 ball;
- Andijon viloyati — 63,5 ball;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi — 63,3 ball;
- Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
Testda qatnaşgan abituriyentlarning 345 869 nafari öqişga kiriş uçun yiğiş kerak bölgan minimal 56,7 ballni ham töplay olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi degani.
Qariyb 47 foizlik bu körsatkiç ötgan yilgi natijadan yaxşiroq. 2023/24 öquv yili uçun imtihonlarda 49,4 foiz yoki 439 ming abituriyent 56,7 ball ham töplay olmagandi.
Qolgan 391 482 nafar yoki 53,1 foiz abituriyent minimal ötiş ballidan yuqorisini töplagan.

















