"Öquvçi qizlarimizni haftada bir kun hayotga örgatiş kuni böladi. Bir kun 5 soat non pişiriş örgatiladi, qanday qilib un, qanday qilib suv qöşiladi, qança sut qöşiladi, qanday qilib tandirga yopiladi. Oxirida şu sinfda öqigan 10 qiz, özlari pişirgan nonlardan uyiga olib ketadi. Bir kun oş pişiriş örgatiladi, bir kun qatlama, bir kun manti pişirişadi. Pazandaçilik örgatiladi" , - degan Botir Mirzaqulov.
Hokim şuningdek, ayrim xotin-qizlarning tandirda non yopmayotganliklari haqida ham aytib ötdi:
- Öşa joyda men törtta ayoldan söradim, oxirgi marta qaçon non yopdingiz desam, törtta ayol ham 5-10 yil avval non yopgan ekan... "Ujye" non yopmaydigan bölib ketişibdi. "Ujye" u avlod non pişirişni örgatadigan avlod yöqolib boryapti-da, kamayib boryapti. Dalada hamma ğözapoya qolib ketdi-ku bu yil, hamma non sotib olişga ötdida, non pişiradigan odamlar kamayib ketib, dalalarda ğözapoyalar ham qolib ketyapti.
"Botir Mirzaqulov ta’limning muhimligi, yoşlarga öqiş bilan birgalikda hunar örgatiş, "Hayot maktabi" loyihasining bugungi kunda qançalik muhim ekanligi haqida aniq misollar keltirib ötdi", deyiladi "Sirdaryo sadosi" ma’lumotida.

















