Poytaxt hokimligi bayonotida aytilişiça, maydondagi köp yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolgan hamda hozirgi xiyobon faoliyatiga ta'sir qilmagan holda mamlakat tarixi, mustaqillik yillaridagi yutuqlar, milliy öziga xoslikni namoyon etuvçi majmuani barpo etiş e'lon qilingan tanlov şartlarida alohida körsatib ötilgan. 

“Bugundan e'tiboran Toşkent şahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilişi belgilangan hududdagi barça daraxtlar xatlovdan ötkaziladi va muhofazaga olinadi”, - deyiladi hokimlik bayonotida.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan majmua loyihasining fotosurati quriliş uçun asos emas. Tanlov e'lon qilinişining sababi - keng jamoatçilik uçun loyihalarni oçiqlik asosida muhokama qilişga şaroit yaratib berişdan iborat.

Tanlov hay'ati tomonidan ijodkorlarning loyihalaridagi birinçi navbatda maydondagi barça daraxtlarni saqlagan, insonlar uçun obod muhit va qulay şaroit yaratişga qaratilgan takliflari qabul qilinadi, deyiladi hokimlik ma'lumotida.

Avvalroq, Toşkent şahri hokimligi mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bağişlab quriladigan “Istiqlol” majmuasi loyihasi uçun tanlov e'lon qilgandi.

Yangi majmua Toşkent markazidagi xiyobon örnida quriladi: Şarof Raşidov, Islom Karimov va Afrosiyob köçalari oraliğida, Markaziy univermag (TsUM) qarşisidagi hudud tanlangan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni 2021 yilga möljallangan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanişgan edi. "Özbekiston 24" efirida ketgan kadrlarda Markaziy univermag (TsUM) röparasiga quriş taklif etilayotgan majmua loyihasini köriş mumkin.