Joriy yilda özbekistonlik kinoijodkorlar rossiyalik hamkasblari bilan birga Özbekistonda “Xöja Nasriddin” filmini suratga oliş işlarini boşlaydi.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan Kann kinofestivali doirasida taşkil etilgan milliy pavilonda özbek delegatsiyasi yangi kelişuvlarga erişişda davom etmoqda.
Şunday qilib, butun dunyo kinematograflari va kinobozorini bir yerga töplagan Kann xalqaro festivalining eng qizğin pallasiga kelgan bir davrda Özbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Memorandumga muvofiq, 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar özbek hamkasblari bilan birga Özbekistonda “Xöja Nasriddin” filmining suratga oliş işlari boşlanadi.
“Renovatsio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta'kidlaşiça, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etiş uçun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan.

“Xöja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini özbekistonlik mutaxassislar taşkil etadi.
Loyihaning işga tuşirilişi özbekistonlik mutaxassislarning iş bilan ta'minlanişi, özaro tajriba almaşişi, şuningdek mamlakatimizga xorijiy investitsiyaning jalb etilişiga yordam beradi.
















