Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi
Davlat xavfsizligi xizmati Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Alijon Ashurov va bosh vazir yordamchisi Sarvar Ashurov (ular aka-uka) ishdan olingan. Ularning bir vaqtda ishdan bo‘shatilishi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bog‘liq.

Sarvar Ashurov / Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlar doirasida yana ikki amaldor ishdan olingani oydinlashdi.
Bosh vazir matbuot kotibining xabar berishicha, Ashurov Sarvar G‘aniyevich bosh vazirning yordamchisi – bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Ibragimov tayinlangan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Sarvar Ashurovning Davlat xavfsizlik xizmati Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan akasi polkovnik Ashurov Alijon G‘aniyevich ham ishdan bo‘shatilgan.
Ular Allamjonovga qilingan suiqasd ishini fosh etishga to‘sqinlik qilgani aytilmoqda.
Avvalroq ushbu jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergovga bog‘liq holatda DXX raisi Abdusalom Azizov, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Ahrorjon Adhamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev hamda Toshkent shahar IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov ham ishdan olingan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

09:27 / 22.07.2025