O‘zbekiston | 13:24 / 25.07.2024
2585
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" oliy darajadagi sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston elchisi va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibini muhokama qildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Josim al-Budayviy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Muloqot chog‘ida bo‘lajak tadbirlarga, jumladan, 2025 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi oliy darajadagi sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va Bosh kotibiyat bilan mamlakat o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

"O‘zbekistonning nafaqat ikki tomonlama, balki ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish, jumladan, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zbek tomonidan ilgari surilayotgan takliflari juda dolzarb. Ushbu sa’y-harakatlar dunyo hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda", dedi u.

Muloqot yakunida, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid