O‘zbekiston | 11:58 / 18.04.2019
24799
3 daqiqa o‘qiladi

Uch tumanda bosh soliqchilar o‘zgardi

Botirjon Hamidov Andijon viloyati Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Botirjon Hamidov
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

B.Hamidov 1978 yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2005 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha ingliz filologiyasi, huquqshunoslik mutaxassisliklariga ega.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Akbar Almasov Samarqand viloyati Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Akbar Almasov
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

A.Almasov 1982 yilda Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. 

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Tayloq tumani davlat soliq inspeksiyasi Nazorat sho‘'basi davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Jasurbek Mashrapov esa Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Jasurbek Mashrapov
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

J.Mashrapov 1989 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligiga ega.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Buloqboshi tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish sho‘'basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq majburiyatlarining hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid