«Rosselxoznadzor» Qashqadaryo va Navoiydan qalampir va pomidor importiga taqiq qo‘ydi
Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati Qashqadaryo viloyatidan eksport qilingan mahsulot tarkibida pomidorning jigarrang burishish virusini aniqlagani haqida xabar berdi.

Foto: TASS
«Rosselxoznadzor» 9 dekabr kuni rasmiy veb-saytida O‘zbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus», ya'ni pomidorning jigarrang burishish virusi aniqlangani haqida xabar berdi.
«Fitosanitar barqarorlikni saqlash va aniqlangan obektning Rossiya hududida tarqalishini oldini olish maqsadida joriy yil 11 dekabrdan boshlab, Rossiyaga O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatidan pomidor va qalampir import qilishga taqiq amal qiladi», — deyiladi xabarda.
«Rosselxoznadzor»ning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning Navoiy hududidan import qilingan pomidor va qalampirda ham zararkunanda aniqlangani uchun 4 dekabrdan boshlab, taqiq joriy etilgan.
Avvalroq, Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati 1 tonna import qilingan quritilgan o‘rikda kaper qo‘ng‘izi aniqlangani vaji bilan Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan barcha o‘simlik mahsulotiga taqiq joriy etgani haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatidan eksport qilingan bulg‘or qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan ushbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilishga taqiq qo‘yilgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

18:03 / 18.04.2025