Andijon viloyat IIBning ma'lum qilişiça, 3 may kuni fuqaro O.O 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, şu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani Qoraqalpoq mahallasida joylaşgan dala şiyponida fuqarolar S.A. va O.M. öziga nisbatan zörlik işlatib jinsiy aloqada bölganini ma'lum qilgan. Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga çiqib, hodisa sodir bölgan joy közdan keçirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekşiriş harakatlarining tölaligini ta'minlaş maqsadida O.O.ga tegişli bölgan qizil-qora rangli ayollar köylagi va boşqa kiyimlar daliliy aşyo tariqasida holislar iştirokida olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid boilogik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertiza tayinlangan. Hozirda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kun.uz'ning prokuraturadagi manbasiga köra, mazkur jinoyatni sodir etişda quyidagi şaxslar gumonlanmoqda:

  • M.O. 1990 yil Andijon tumanida tuğilgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor, haydovçi;
  • S.A. 1992 yil Andijon tumanida tuğilgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor, mavsumiy işçi;
  • M.A. 1984 yil Andijon tumanida tuğilgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor, haydovçi;
  • J.M. 1979 yil Andijon şahrida tuğilgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor, haydovçi;
  • J.X. 1985 yil Andijon şahrida tuğilgan. Oilali, 4 nafar farzandi bor, haydovçi;
  • A.B. 1990 yil Andijon şahrida tuğilgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor, haydovçi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, Boş prokuratura ma'lumotiga köra, Özbekistonda 2020 yilda nomusga tegiş holatlari 28 foizga oşgan.

2021 yilning dastlabki uç oyi içida huquq-tartibot idoralariga zöravonlikka uçragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat bölgan.